Rasman! Vardi mavsum yakunida "Lester"ni tark etadi

  • 24 aprel, 16:16
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lester" klubi hujumchisi Jeymi Vardi mavsum yakunida jamoani tark etishini e’lon qildi.

Tecno

"Klubimiz safida 13 mavsum davomida to‘p surib, eng buyuk futbolchimizga aylangan afsonaviy hujumchi Jeymi Vardining bu yozda "Lester"ni tark etishini tasdiqlaymiz", — deyiladi Angliya Premer-ligasidan tushib ketgan klub bayonotida.

Vardi 2012-yildan beri "Lester" safida to‘p surib kelgan. U klub uchun jami 498 o‘yinda maydonga tushib, 198 ta gol urgan. 38 yoshli hujumchi jamoa bilan birga Angliya chempionligi, mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!