
Rasman! Xames Rodriges APL klubiga ko‘chib o‘tdi
Kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodriges faoliyatini "Everton"da davom ettiradi.
"Irischilar" 29 yoshli futbolchi xizmatlari uchun "Real" Madridga 25 mln evro miqdorida mablag‘ to‘lagan. Shartnoma 2 yilga mo‘ljallandi va ikkala tomonning ixtiyoriga ko‘ra, yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.
"Bu klub a’zosi ekanligimdan juda xursandman. Karlo Anchelottining qo‘li ostida yana to‘p tepish ajoyib. Men bu erga g‘alabalarga erishish uchun keldim", - dedi Xames klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Fikrlar