
Rasmiy xabar: "Lester" kelasi mavsum APLda ishtirok etadi
"Lester" Chempionshipdagi bir mavsumdan so‘ng yana Premer-ligaga qaytdi. “Lids” KPRga yirik 0:4 hisobida yutqazib, “tulkilar”ni yuqori Ligaga qaytardi.
“Lester” chempionatning kuchli 2 taligidan joy olishini kafolatladi. Peshqadam “Lester”dan o‘zib ketadigan yagona jamoa “Manchester Yunayted”ning sobiq murabbiylar shtabi a’zosi Kiran Makkenna boshchiligidagi “Ipsvich”dir.
“Lester” 44-turdan keyin 94 ochkoga ega. 2-o‘rinda borayotgan "Lids" 90 ochko va 45 ta o‘yin o‘tkazgan. "Ipsvich" hisobida 89 ochko va 3 ta o‘yin bor.
Ikkita jamoa chempionatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri APLga yo‘l oladi va yana 4ta jamoa bitta yo‘llanma uchun o‘zaro kurash olib boradi.
Fikrlar