
Ravshan Eliboev: "Kaspiy" EChLga chiqishni maqsad qilgan
“Lokomotiv” va O‘zbekiston futzal terma jamoasi darvozaboni Ravshan Eliboev faoliyatini Qozog‘istonning “Kaspiy” jamoasida davom ettirishi haqida xabar bergan edik. 35 yoshli golkiper O‘zPFL axborot xizmatiga ushbu jarayon qanday kechganlinigi ma’lum qildi.
"Albatta, bir nechta klublardan takliflar tushgan edi. Ulardan o‘zim uchun eng yaxshisi deb bilgan "Kaspiy"ni tanladim. Shartnoma joriy mavsum yakuniga qadar amal qiladi. 6 fevral kundan boshlab mashg‘ulotlarga kirishdim. Mashg‘ulot va o‘yinlar o‘tadigan zallar jahon standartiga javob beradigan yaxshi arenalar.
"Kaspiy" jamoasining oldiga mavsum yakunida faxrli o‘rinlardan birini egallab, keyingi mavsumda futzal bo‘yicha Evropa Chempionlar ligasiga yo‘l olish maqsadi qo‘yilgan", - deya ta’kidladi Eliboev.
Ta’kidlab o‘tamiz, "Kaspiy" jamoasi hozirda 10 ta uchrashuvda 21 ochko to‘plab, futzal bo‘yicha Qozog‘iston chempionatida 3-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar