Ravshan Haydarov: Kim finalga chiqadi? Anig‘ini aytaymi?

  • 15 dekabr, 2020, 19:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca-Cola O‘zbekiston Kubogi ham o‘zining yakuniy pallasiga kelib qoldi. 16 dekabr kuni yarim final bahslari o‘tkaziladi hamda finalga chiqadigan jamoalar nomi ma’lum bo‘ladi.

Tecno

Xabaringiz bor, finalga yo‘llanmani olish uchun “Qo‘qon-1912” – “Paxtakor” va AGMK – “Nasaf” jamoalari bahs olib boradilar. E’tiborlisi, Superligada kuchli uchlikni egallagan – “Paxtakor”, “Nasaf” va AGMK klublari Kubokni qo‘lga kiritish uchun ham asosiy da’vogarlar bo‘lib turishibdi. Ammo bu yo‘lda qo‘qonliklarning kuchiga ham etarlicha baho berish adolatdan bo‘lardi. Ular chempionatda faxrli 5-pog‘onani band etishdi va Kubok yo‘lidagi kurashda ham maqsadi jiddiy ekanligini ko‘rsatib kelmoqda.

Anig‘i shuki, ikkala juftlikda ham o‘yinlar yuqori darajada o‘tishi shubhasiz. Albatta, uchrashuvdan avval turli taxminlar va munosabatlar bildirilishi tabiiy. Taniqli mutaxassis Ravshan Haydarov esa yarim finaldan oldin jamoalarning imkoniyatlarini baholagan holda sports.uz uchun quyidagilarni aytdi:

“Qo‘qonliklarda har doim ham bunday imkoniyat bo‘lavermaydi”

- Klass bo‘yicha “Paxtakor”ning imkoniyati yuqoriroq. Ularning tarkibi va zaxira o‘rindig‘i ham kuchli. Jarohat olgan o‘yinchilari ham qaytgan. O‘yin Qo‘qonda bo‘lishiga qaramasdan “Paxtakor”ning imkoniyati biroz baland deb o‘ylayman. Lekin qo‘qonliklar o‘z uyida harakat qiladi va bunday imkoniyat har doim ham bo‘lavermaydi. Shuning evaziga mezbonlar katta shijoat va ishtiyoq bilan maydonga tushishadi. Bu erda faqat “Paxtakor”ning tajribasi yuqoriroq bo‘lgani uchun g‘olib chiqish imkoniyati mezbonlarga qaraganda 10 foizga baland. Lekin ikkala bellashuv ham juda qiziqarli va jangovor o‘tadi.

“Ko‘p narsa futbolchilarning qanday tiklanishganiga bog‘liq”

- Mening nazarimda bu juftlikda ikkala jamoaning imkoniyati 50x50. AGMK ham, “Nasaf” ham chempionatda medallarga haqli ekanligini isbotlashdi. Endi bo‘lsa, Kubokda ham munosib ekanliklarini isbotlab yarim finalga etib kelishdi. “Nasaf” bundan oldingi ikkita uchrashuvni safarda o‘tkazgandi va bu gal ham yana mehmonda o‘ynaydi. Shunday bo‘lsa ham qarshiliklar vodiydagi uchrashuvlarda xarakterli jamoa ekanini ko‘rsatyapti. AGMK ham bundan oldingi bosqichda “Metallurg”ga qarshi uchrashuvda ko‘p kuch sarfladi va 120 daqiqa o‘ynadi. “Nasaf” ham “Andijon” va “Navbahor” bilan o‘tgan bellashuvlarda 120 daqiqadan o‘ynadi. Qolaversa, qancha yo‘l bosishganini ham unutmaslik kerak. O‘ylaymanki, murabbiylar futbolchilarni tiklashga harakat qilishgan. Ishonamanki, Olmaliqda juda qiziqarli o‘yin kechadi. Oldingi uchrashuvdan keyin qaysi jamoa tiklanishni yaxshi o‘tkazgan bo‘lsa, o‘sha jamoa yutib ketadi.

“Ikkala o‘yin ham 120 daqiqaga cho‘zilishi mumkin”

- Kim finalga chiqadi? Anig‘ini aytaymi? Ikkala juftlikda g‘olib chiqqan jamoalar finalga chiqadi (kuladi). Aytdim-ku, har bir jamoada imkoniyat bor. To‘g‘ri, “Paxtakor”ning imkoniyati biroz yuqori. Ammo bu hech nimani bildirmaydi. “Qo‘qon-1912” jamoasi taxminlarni yo‘qqa chiqarish qo‘lidan keladi. Hammasi o‘yindagi vaziyatlarga bog‘liq. Kim ko‘proq xohlasa va aql bilan o‘ynasa omad o‘sha jamoaga kulib boqadi. Bu kabi Kubok bellashuvlarida har qanday hisob bo‘lishi mumkin. Qolaversa, bitta o‘yindan iboratligini ham esdan chiqarmaslik kerak. Shunday ekan, kutilmagan jamoalar xam finalga chiqishi mumkin. Ikkala uchrashuvlarda ham o‘yin vaqti 120 daqiqaga cho‘zilish ehtimoli bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Даврлнов
15/12/2020 19:37
Пахтакорга нимага хар доим финалга чикишда ярим финалда Кучсиз клуб тугри келади Бу йирда Шафофлик Адолат йук Пахтакор номи колиш учунми Тасодиф бир марта булади Доим такрорланмаеди КОРУПСИЯ ни роли бор Бунакада ЖХЧ га тушларингда чикасанлар
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
15/12/2020 22:45
shu yil ham uzi bilmagan holga. Diyor hatolikka yul quydi. Nasafni fenalgacha ado tamom qilishdi lekin. Diyor qurani netral muhlis ayni beron klubni fan klubni boshligi. chaqirish kerak edi. Oddiy misol Nasaf tushkan sharni ustini sahal chizib. ozgena ogir. qilib quysa buladiki.