Rayan Garsiyaning jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi
Professional boksning engil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan amerikalik iste’dodli bokschi Rayan Garsiya (21-0, 18KO) biroz muddatli tanaffusdan so‘ng yana ringga qaytmoqda. U 27 noyabr kuni sobiq jahon chempioni Yozef Diasga (32-1-1, 16KO) qarshi ringga ko‘tariladi.
Garsiya ijtimoiy tarmoqlarda juda faol bo‘lib, garchi chempion bo‘lmasada, uning mashhurlik darajasi chempionlardan ham yuqori turadi.
Yozef Dias hozirgidan bitta past ,ya’ni birinchi engil vaznda IBF kamari egasi bo‘lgan. Da’vogar Shavkat Rahimov bilan himoya jangidan oldin vazn me’yorini bajara olmagach, kamaridan mahrum bo‘lgan edi. Keyinchalik, u engil vaznga ko‘tarilib, Haver Fortunani mag‘lub etgan holda, WVC vaqtinchalik jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. Qiziqarlisi, mazkur kamar aslida Garsiyaga tegishli bo‘lgan va muammolar sabab Fortuna bilan jang qilmagani bois vakant qilingan edi. Bu jang Garsiya uchun jiddiy sinov bo‘lishi kutilmoqda.

Fikrlar