"RB Leyptsig"ning bosh skauti APL grandlari e’tiboriga tushdi

  • 12 aprel, 2019, 13:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyaning “RB Leyptsig” klubi bosh skauti Pol Mitchell yana Angliyaga qaytishi mumkin.

Tecno

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra uning xizmatlariga “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Arsenal” kabi jamoalar jiddiy qiziqish bildirishmoqda. Ushbu jamoalar Mitchellni sport direktori lavozimiga taklif qilishmoqda.

O‘z navbatida nemis klubi ushbu mutaxassis bilan amaldagi shartnomani 2025 yilga qadar uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Mitchell bundan avval “Sautgempton” va “Tottenxem” kabi APL klublarida ishlagan. Uning harakatlari evaziga Sado Mane va Deli Alli kabi futbolchilar olib kelingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!