"Real" - PSJ uchrashuvida Navas 10 ta seyv qayd etdi, Kurtua esa ...

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropa Chempionlar Ligasining 5-turida "Real" o‘z maydonida PSJ klubini qabul qilib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Madridliklar 2:0 hisobida oldinda borishayotgan edi, ammo 81 va 83-daqiqalarda gol o‘tkazib yuborib, g‘alabani qo‘ldan chiqarishdi.

"WhoScored"ning statistikasiga ko‘ra, Tibo Kurtua uchrashuv davomida 2 ta seyv qayd etgan (PSJ umumiy darvoza tomon 4 bor zarba bergan). PSJ darvozaboni Keylor Navas esa 10 ta seyvni amalga oshirdi (Navas darvozasiga 12 bor zarba yo‘llangan).

Eslatib o‘tamiz, Navas Madrid klubidagi 5 yillik faoliyatidan so‘ng, yozda Parij klubiga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
AzizXudoyberdiyev
27/11/2019 08:24
Realni eng katta xatosi navasni qo'yvorgani zo'r darvozabon edi
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
27/11/2019 03:40
Referi taym. kurgan odam ichi uzilib kuladi. nasaf pahtakor uyinnidan. faqat 2 mamentni kursatdi ikkalasiga ham sudiya uyinni buzganni tan oldi. 2 qizil berish kerak mamentni rasvo. qildi. eng qizigi sudiya butin uyinni rasvo qildi qolgan mamentlani kursatmadi kursang. Nasafni va uzbek fudbolini ulderapti. pahtakor bulmasa birinchi dafraga ham shunday qiluvdi. hammani uziga insof bermasa foydasi yuq. oddiy halq jabr chekib yuraveradi. fudbolimizni. yoqoridakilar ulderdi.