“Real”, arzon sotgan yulduzingni qaytarib ol!

  • 26 oktabr, 13:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya chempionatida ishtirok etayotgan “Komo” 2024 yilning yozida “Real”ning asosiy tarkibiga qabul qilinmagan Nikolas Pasni o‘z safiga qo‘shib olgan edi.

Tecno

Argentinalik iqtidor egasi uchun italiyaliklar “Qirollik klubi”ga atigi 6 million evro to‘lagan. Madrid superklubi  mutasaddilari shartnomaga o‘yinchini birinchi bo‘lib qayta sotib olish huquqini kiritgan.

“Komo” sport direktori Karlalberto Ludi madridliklarga vaqt borida Pasni qaytarib olishni maslahat berdi.

- “Real” Pasni qayta sotib olish bandini ishga solib, o‘yinchini olib ketishi mumkinligi bu haqiqat. Madrid klubi direktorlari o‘rnida bo‘lganimda, men ham o‘zimni bu transferni amalga oshirish imkoni borligida bu ishga qo‘l urish uchun mas’ulligimni his qilgan bo‘lardim.

Pas nihoyatda iqtidorli, ajoyib o‘yinchi. Balki Nikoning o‘zi ham Madridga qaytishni istayotgandir, chunki “Real”dek jamoada o‘ynash har bir futbolchining, ayniqsa, klub tarbiyalanuvchisining orzusidir. Bizning “Real” bilan aloqalarimiz juda yaxshi darajada, - dedi Karlalberto Ludi.

21 yoshli Nikolas Pas Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 55 million evroga baholanmoqda. “Real” klubida o‘z tarbiyalanuvchisini arzonlashtirishgan narxda qayta sotib olish huquqi bor.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!