
“Real” 130 million evrolik transfer bo‘yicha ish boshladi
“Real” joriy mavsum oldidan o‘zi ko‘zlagan aksariyat transferlarni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Klub mutasaddilari kelasi yozga mo‘ljallangan xaridlar bo‘yicha ish boshladi. “Qirollik klubi” anchadan beri “Bayer” etakchisi Florian Virtsni olish yo‘llarini qidirmoqda.
Relevo nashrining ma’lum qilishicha, namis futbolchisining o‘zi ham Madrid superklubiga qo‘shilish maqsadida yozda o‘ziga bo‘lgan barcha takliflarni rad etdi.
Ayni paytda Virts 130 million evroga baholanmoqda. Uning Bundesliga chempioni bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi.
Fikrlar