“Real” agentlarning ochko‘zligi tufayli ikki transferni bekor qildi

  • 02.01.2026 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Qirollik klubi”ning transfer nishonlari ko'rsatilgan ro'yxatida “Liverpul” va “Bavariya” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Ibrohim Konate va Dayo Upamekano nomlari bor edi.

Madridning “Real” klubi yozgi transferlar davrida jamoaning himoya chizig'ini yanglashni rejalashtirmoqda. Xususan, klubni tark etishi kutilayotgan AntonioRyudiger va David Alaba o'rniga ikki nafar mahoratli markaziy himoyachilar olinadi.

Biroq keyinchalik madridliklar bu himoyachilarga da'vogarlik qilmasligi ma'lum bo'ldi. Ko'pchilik uchun kutilmagan bu qarorning sabablariga Diario AS nashri oydinlik kiritdi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, La Liga grandi har ikki futbolchidan moliyaviy sabablarga ko'ra voz kechgan. Himoyachilarning agentlari mijozlari uchun tobora ko'proq maosh talab qila boshlagani natijasida “Qirollik klubi” sabri tugab, muzokaralarni to'xtatgan.

Madridliklar keyingi paytda transfer siyosatida asosan yosh va iqtidorli futbolchilarni taklif etish, ularni klub talablari asosida tarbiyalash yo'lini tutishni ma'qul ko'rmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!