“Real” birinchi supertransferga taklif jo‘natdi

  • 12 may, 2021, 13:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Yozgi transferlar vaqtida tarkibini kuchaytirishga qaror qilgan “Qirollik klubi” birinchi transferga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Madridliklar “Lion”da o‘ynayotgan yarim himoyachi Ussem Auarning transfer huquqini to‘liq sotib olmoqchi. Shu bois, “Real” mutasaddilari frantsiyaliklarga birinchi transfer taklifini yubordi. Hozircha, ispaniyaliklar Auar uchun qancha summa taklif qilgani sir tutilyapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Lion” o‘z etakchisini 30 million evro evaziga qo‘yib yuboradi. Bu klub xo‘jayinlari o‘tgan yili “Arsenal”ning 60 million evrolik taklifini qabul qilmagan edi.

22 yoshli Auar joriy mavsumda Frantsiya chempionatida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qildi va uchta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!