
“Real”: Biz uni MYuga berib qo‘ymaymiz!
“Real” rahbariyati “Ayaks”da porlayotgan Donni van de Beek uchun kurashda “Manchester Yunayted”ga imkoniyatni boy bermoqchi emas.
Madridliklar nafaqat klubda, balki Niderlandiya terma jamoasida ham muhim ahamiyat qozongan 23 yoshli futbolchi uchun rad etib bo‘lmas taklif tayyorlayotgani ma’lum bo‘ldi. Zinedin Zidan Donnini dunyoning eng zo‘r futbolchisi sifatida “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan Luka Modrichga ideal o‘rinbosar bo‘lishini ta’kidlamoqda.
Donni joriy mavsumda 23 ta uchrashuvda sakkizta gol urdi.
Fikrlar