"Real" braziliyalik hujumchisi bilan yangi shartnoma borasida muzokaraga kirishdi

  • 05.09.2023 18:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi braziliyalik hujumchi Rodrigo bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor va shu sabab u bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.

Yaqin kunlarda "qirollik klubi" futbolchi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarga kirishadi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2025 yilning yozida yakuniga etadi.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Rodrigo to‘rtta uchrashuv o‘tkazib, bitta gol urdi. Hujumchi 2019 yilning iyulidan beri Madridda o‘ynab kelmoqda. Braziliyalik futbolchining transfer narxi 100 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!