“Real” bu ishni 61 yil kutdi

  • 3 sentabr, 2023, 12:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlikni maqsad qilgan “Real” joriy mavsumning dastlabki to‘rt uchrashuvini g‘alaba bilan yakunladi.

Tecno

Karlo Anchelotti shogirdlari chempionat startida “Atletik”ni 2:0, “Almeriya”ni 3:1, “Selta”ni 1:0 va “Xetafe”ni 2:1 hisobida engdi. Barcha uchrashuvlarga raqib darvozasini ishg‘ol qilgan Jud Bellingem jamoasining g‘alabalarini ta’minlab kelmoqda.

Statistika mutaxassislarining ma’lum qilishicha, “Real” o‘z tarixi davomida so‘nggi marta 1962-1963 yilgi mavsumda chempionatni ketma-ket to‘rt g‘alaba bilan boshlagan ekan.

“Qirollik klubi” futbolchilari barcha jamoalardan farqli ravishda La Ligada hali ochko yo‘qotgani yo‘q.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
03/09/2023 13:46
Яша Анчилоттии