“Real” Bundesligadan zo‘r hujumchi topdi

  • 22.01.2026 00:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Bundesligada Leverkuzenning “Bayer” klubi sharafini himoya qilib kelayotgan hujumchi Kristian Kofane Ispaniyaning eng qudratli klubi “Real” skautlari nazariga tushdi.

Jurnalist Patrik Bergerning ma'lumotlariga ko‘ra, madridliklar 19 yoshli kamerunlik futbolchini tarkibga qo‘shib olishga jiddiy qiziqmoqda.

Ehtimoliy transfer summasi 50 million evrodan oshishi mumkin, chunki leverkuzenliklar o‘z o‘yinchisini imkon qadar qimmatroq transfer qilishni ko‘zlayapti.

Kofane 2025 yilning yozida “Albasete”dan “Bayer”ga 5 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Uning nemis klubi bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyungacha amal qiladi.

Joriy mavsumda yosh hujumchi barcha musobaqalarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma  muallifi bo‘ldi.

Qiziqishi shundaki, Kofaneni tarbiyalagan “Albasete” yaqindagina “Real”ni mag‘lubiyatga uchratib, Ispaniya kubogi musobaqasidan chiqarib yuborgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!