«Real» direktori: Bunday katta tadbirda xato qilish mumkin emas

  • 13.12.2021 22:42
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" direktori Emilio Butrageno Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichiga qayta qur’a tashlanganidan noroziligini bildirdi.

Birinchi qur’adan so‘ng "qirollik klubi" "Benfika" bilan o‘ynashi kerak edi. Dasturiy ta’minot bilan bog‘liq muammolar tufayli qur’a bekor qilindi. Ikkinchi qur’adan keyin PSJ 1/8 finalda "Real"ning raqibiga aylandi.

“Buni tushunish juda qiyin. Biz qura tashlashni kutayotgan millionlab muxlislar, qolaversa, butun sport olamini hisobga olishimiz kerak. Bunday katta tadbirda xato qilish mumkin emas.

Biz PSJ bilan uchrashuvni intiqlik bilan kutmoqdamiz. Raqiblarning kuchi va futbolchilarining saviyasidan xabardormiz. Biz chorak finalga chiqishga umid qilamiz”, - dedi Butrageno.

"Real" Madrid va PSJ 2022 yilning fevralida to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!