"Real" direktori Butrageno: "Man Siti" kuchli jamoa!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" klubi direktori Emilio Butrageno Evropa Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichiga tashlangan qur’a natijasi borasida fikr bildirdi.

"Qur’ada nomi aytilgan barcha jamoalar kuchli edi. Umumiy olib qaraganda, "Man Siti" juda kuchli jamoa. Shuning uchun, yorqin qarama-qarshilik bo‘ladi. Biz tayyorgarligimizni nazorat qilishimiz kerak.

Futbolchilarimiz ushbu turnir biz uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini yaxshi bilishadi. Raqimiz "Manchester Siti" ekanligi bizni bor kuchimizni ishlatishimizga majbur qiladi," - dedi Butrageno.

Eslatib o‘tamiz, ChLning pley-off bosqichida "Real" va "Manchester Siti" o‘zaro bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!