"Real" futbolchisi tez orada "Roma"ga o‘tadi
“Real” hujumchisi Borxa Mayoral tez orada “Roma”ga ko‘chib o‘tadi. Jurnalist Xose Luis Sanchesning ma’lum qilishicha, 23 yoshli ispaniyalik futbolchi rimliklar safiga ijara asosida o‘tadi.
Mayoral va “Roma” o‘rtasida imzolanadigan ijara shartnomasiga ko‘ra, “bo‘rilar” uni keyinchalik to‘liq sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Borxa asli “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ammo u so‘nggi ikki mavsumni “Levante” safida ijarada o‘tkazdi va 69 ta o‘yinda 14 ta gol urdi.
Fikrlar