
"Real" himoyachisi jamoani tark etadi
"Real" vakili Alvaro Odriozola jamoani tark etishga yaqin turibdi. Uning keyingi manzili "Real Sosedad" bo‘ladi, deya xabar berdi "Marca" nashri.
"Qaymoqranglilar" ham ispaniyalik futbolchini ketishiga qarshilik qilmaydi. Sababi, rahbariyat uni asosiy tarkibga kira olishiga shubha bilan qaragan. Yakuniga etgan mavsumda Anchelotti Odriosolani 6 ta o‘yinda maydonga tushirdi.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli himoyachi aynan "Real Sosedad" klubidan "Real"ga 32 million evro evaziga o‘tgan. Uning klub bilan tuzilgan shartnomasi 2024 yilda tugaydi.
Fikrlar