"Real" ijaradagi futbolchisidan qutilish niyatida

  • 08.06.2024 18:43
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" Reynerni sotish niyatida. 

"As" nashri talqiniga ko‘ra, Madrid klubi futbolchi uchun 2020 yilda to‘langan 30 million evroning kamida bir qismini qaytarib olmoqchi. 

Reyner "qirollik klubi" tarkibida birorta ham o‘yin o‘tkazmagan. 2020 yildan beri u "Borussiya Dortmund", "Jirona" hamda "Frozinone" klublarida ijara asosida to‘p tepgan. 

Madridliklar braziliyalik futbolchini ijaraga berishi ham mumkin, ammo yaxshi taklif tushsa, klub undan qutilishni xohlaydi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!