“Real” jamoani inqirozdan qutqaradigan futbolchi topdi
Madridning “Real” klubi «Yuventus» yarim himoyachisi Kenan Yildizni kuzatishda davom etmoqda va kelajakda futbolchi uchun kurashda ustunlikka ega bo‘lishni rejalashtirmoqda.
Bu haqida Tuttosport xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, madridliklar turkiyalik futbolchining transferi bilan bog‘liq muzokaralarni ancha vaqtdan beri olib bormoqda. Shu bilan birga, yaqin yozda transfer amalga oshishi ehtimoli past baholanmoqda, chunki Yildiz yaqinda turinliklar bilan shartnomasini uzaytirgan.
Shunga qaramay, “Real” futbolchi keyinroq klubni tark etishga qaror qilsa, uni sotib olishda ustuvor huquq bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi.
Shuningdek, bitimning bir qismi sifatida madridlik futbolchilar ham qatnashishi mumkinligi aytilmoqda. Manba almashinuv varianti sifatida Braim Dias va Gonsalo Garsiya nomlarini keltirgan.
Joriy mavsumda Yildiz barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda qatnashib, 11 ta gol va 11 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar