“Real” Leni Yoroni qo‘ldan chiqargach, kimni sotib olmoqchi?

  • 19 iyul, 2024, 16:13
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Relevo nashrining xabar berishicha, “Real” Leni Yoroni xarid qila olmagach, klub skautlari markaziy himoya uchun 2 ta nomzodni ko‘rib chiqishmoqda.

Tecno

Madridliklar agenti Yuni Kalafat va uning skautlar jamoasiga “Borussiya Dortmund”ning 24 yoshli himoyachisi Niko Shlotterbek yoqgani uchun, uni jiddiy kuzatishmoqda.

Ikkinchi nomzod esa, “Bayer” himoyachisi Piero Inkape bo‘lib turibdi. 22 yoshli Ekvadorlik futbolchi Xabi Alonsoning tarkibida asosiy figuralardan biri hisoblanadi. Piero keyingi mavsum “Real Madrid” safiga Xabi Alonso bilan birga kelishi mumkin.

Lekin, “qaymoqranglilar” bu yoz markaziy himoyachi sotib olishmoqchi emas. Rahbariyat transfer qilishga ehtiyoj ko‘rmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!