
“Real” markaziy hujumchi tanladi
“Real” hamon yaxshi hujumchi qidiryapti. Ularning nishoniga shvetsiyalik forvard Aleksandr Isaak tushdi.
Bu futbolchi “Nyukasl” sharafini himoya qilmoqda. Yangi mavsumda Isaak Premer-ligada sakkizta uchrashuvda raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qildi.
Todofichajes nashrining yozishicha, madridliklar 24 yoshli futbolchi jamoa hujumkorligini oshirishiga ishonmoqda.
Aleksandr Isaakning “qarg‘alar” bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan. Uning transferi 70 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar