
“Real” mashhur futbolchini oladigan bo‘ldi!
“Real” rahbariyati serbiyalik hujumchi Luka Yovich jamoani tark etganidan keyin uning o‘rniga boshqa ijrochi olishga qaror qildi.
Jamoaning asosiy hujumchisi Karim Benzemaga oldindi chiziqda yordam beradigan futbolchi sifatida Leroy Sane tanlandi.
Defensa Central nashrining ma’lum qilishicha, 26 yoshli futbolchining agentlari “Qirollik klubi” mutasaddilari bilan bog‘lanib, ularga o‘z mijozlari xizmatini taklif qilgan. Bu “Real” vakillariga ham ma’qul tushgani aytilmoqda.
Leroy Sane 2020 yilning yozida “Bavariya”ga ko‘chib o‘tgan edi. Shu paytga qadar iste’dodli futbolchi myunxenliklar safida 89 ta uchrashuv o‘tkazib, 24 ta gol va 27 ta assist muallifi bo‘ldi.
Sane faoliyati davomida “Manchester Siti” va “Shalke 04” jamoalarida ham to‘p tepgan. Uning transferi 60 million evro atrofida baholanmoqda.
Fikrlar