“Real” Mbappeni katta pul bilan o‘ziga og‘dirmoqchi

  • 29.06.2023 19:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJdan ketishi kutilayotgan Kilian Mbappe uchun kurashga “Liverpul” qo‘shilganidan keyin “Real” mutasaddilari hamon frantsiyalik hujumchini kutayotganini yana bir bor eslatib qo‘ydi.

The Athletic nashrining yozishicha, agar Mbappe “Qirollik klubi”ga kelasi yili yozda erkin agent sifatida keladigan bo‘lsa, madridliklar uni bonus bilan taqdirlaydi. Bu summa 130 million evroni tashkil qilishi aytilmoqda.

Mbappe PSJ rahbariyatiga jamoada 2025 yilning yozigacha qolmasligini bildirgan. Parijliklar 24 yoshli forvardni shu yoz sotib yubormoqchi.

“Real” Mbappe uchun 200 million evro atrofida xarajat qilishni istamadi va uni erkin agent sifatida kelishini kutyapti.

Endi kurashga “Liverpul” qo‘shildi. Angliya klubi Mbappe uchun 300 million evro atrofida mablag‘ sarflashi vaziyatni o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!