
“Real” Mbappeni olganidan qattiq pushaymon
BBC hamda The New York Times kabi nufuzli nashrlar jurnalisti Romen Molina “Real” va Kilian Mbappe hamkorligi borasida kutilmagan ma’lumotni chiqardi.
Manbaning ta’kidlashicha, “Qirollik klubi” o‘tgan yoz Kilian Mbappeni o‘z tarkibiga qo‘shib olganidan pushaymon bo‘lmoqda.
- “Real” Mbappeni taklif qilganidan qattiq pushaymon. Men bunga aminman. Menga buni maxfiy tarzda ma’lum qilishdi.
Florentino Peres har doim mashhur o‘yinchilarni, yulduzlarni yaxshi ko‘rgan. Shu bois, Mbappe bilan ham mustahkam aloqa bog‘lagan.
Biroq klubda Mbappening transferidan norozilar ko‘p. Birinchidan, frantsiyalik forvardning o‘yini kutilgan darajada chiqmayapti. Ikkinchidan, ichki muhit ham avvalgidek sof emas. Balki, bu Mbappening aybi bilan bo‘lmayotgandir.
Men “Real” bu transfer bilan katta xatoga yo‘l qo‘ydi, deb o‘ylayman. Chunki Kilian mavsumoldi tayyorgarligini o‘tamadi. Jud Bellingemdan farqli ravishda u jamoaga kelishi bilan rasmiy uchrashuvlarda o‘ynay boshladi, - dedi Romen Molina.
Fikrlar