“Real” menga xiyonat qildi

  • 28 yanvar, 2023, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” himoyasimi Nacho Fernandes klub rahbariyatidan xafa bo‘lib qoldi. Diario AS nashrining xabar berishicha, ispaniyalik futbolchi klubni unga xiyonat qilganlikda ayblamoqda.

Tecno

Nachoning bunday fikrga kelishi transferlar bilan bog‘liq. “Real”  yil davomida ikkta markaziy himoyachi – Antonio Ryudiger va David Alabani erkin agent sifatida jamoaga qo‘shib oldi.

11 yil jamoaga mehnati singgan Nacho klub rahbariyati uning xizmatlarini inobatga olib, ko‘proq o‘yin amaliyoti berish orqali o‘zini mukofotlashini kutgan.

Lekin murabbiylar shtabi bunday qo‘l tutmadi. Nachoning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Futbolchi klub bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!