“Real” nega Xolandni emas, Mbappeni olmoqchi?
“Real” direktorlar kengashi a’zosi Xose Manuel Otero nega “Qirollik klubi” ko‘p gol urayotgan Erling Xolandni emas, PSJ vakili Kiliap Mbappeni transfer qilmoqchi ekanini tushuntirib berdi.
- Kilian “Real”ga har tomonlama mos keladi. Xoland butun jamoa unga o‘ynashini talab qiladi. Bu orqali u ko‘p gol uradi.
“Real” raqib himoyasini yorib o‘tish uchun jamoaga mos keladigan o‘yinchilar xizmatiga tayanib o‘ynaydi, - dedi Xose Manuel Otero.
“Real” Kilian Mbappeni kelasi yoz olmoqchi. Mavsum oxirida hujumchining parijliklar bilan shartnomasi yakunlanadi. 24 yoshli forvard PSJning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini qabul qilgani yo‘q.

Fikrlar