“Real” o‘ta qimmat ikki futbolchini ko‘zladi

  • 30 iyun, 2022, 19:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” kelasi yili yozda o‘z safiga “Borussiya”da porlayotgan Jud Bellingemni qo‘shib olishni mo‘ljallayapti.

Tecno

Shunga qaramay, angliyalik futbolchini qo‘lga kiritish juda qiyin. Chunki “Liverpul”, “Manchester Yunayted” va “Chelsi” 18 yoshli yulduzni Angliyaga qaytarish uchun katta summadan voz kechishga tayyor.

Agar madridliklar Bellingemni qo‘ldan chiqarsa, ikkinchi variant sifatida “Vest Xem” etakchisi Deklan Raysni nishonga olgan.

Bu o‘yinchi ham bir necha grand jamoalar nishonida turibdi. Uning transferi ham “Real”ga 100 million evrodan qimmatga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!