"Real" o‘z rekordini takrorladi
Madridning "Real" klubi La Liga 5-turidan o‘rin olgan "Valensiya"ga qarshi mehmondagi bahsda 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng, "qaymoqranglilar" safar o‘yinlaridagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 18 taga etkazib qo‘ydi va jamoa rekordini takrorladi. "Qirollik klubi" o‘z tarixda ikki bor - 1996-97 va 2016 yillarda bunday natijaga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi"ning navbatdagi safar o‘yini 3 oktyabr sanasida "Espanol"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Ayni damda "Real" 5 o‘yindan so‘ng 4 g‘alaba va 1 durang natija qayd etib, La Liga turnir jadvalida peshqadam bo‘lib olgan.



Fikrlar