“Real” rahbariyati Arbeloani faqat bir shart bilan lavozimida qoldiradi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa mavsum yakunlangach, ishsiz qolish xavfi ostida.
"Qaymoqranglilar" rahbariyati murabbiyga ishonardi, biroq shanba kuni "Malyorka"dan uchralgan mag‘lubiyat barchasini o‘zgartirdi, endi ispaniyalikning klubdagi uzoq muddatli kelajagi jiddiy shubha ostida, deb yozadi Diario AS. Jamoa mavsumni sovrinsiz yakunlasa, mutaxassis o‘z lavozimini saqlab qolishi dargumon.
"Real" La Liga turnir jadvalidа "Barselona"dan 8 tur oldin 7 ochko ortda qolmoqda, hali hech kim bunday o‘yin o‘tkazmagan edi. Shu tariqa, Arbelоaning taqdiri ko‘p jihatdan Chempionlar Ligasidagi natijalarga bog‘liq bo‘ladi, madridliklar 1/4 finalda "Bavariya" bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar