
“Real” rahbariyati Pogba bo‘yicha so‘nggi qarorini aytdi
“Real” rahbariyati “Manchester Yunayted” yulduzi Pol Pogba transferi bo‘yicha so‘nggi qarorini qabul qildi.
Unga ko‘ra, agar madridliklar rahbariyati kelasi yozda “Renn”ning 17 yashar futbolchisi Eduardo Kamavingani transferini amalga oshira olmagan taqdirdagina Pol Pogbani klubga taklif etadi.
“Qirollik klubi”ning transfer mavsumidagi asosiy nishoni PSJ hujumchisi Kilian Mbappe hisoblanadi. Shuningdek, olib kelinadigan futbolchilar ro‘yxatining yuqori qismida Eduardo Kamavinganing nomi ham bor.
Madridliklar Pol Pogbaning katta maosh olishini bilgan holda, asosan yosh futbolchilarga e’tibor qaratishni ma’qul ko‘rmoqda.
Fikrlar