"Real" Ramosga munosib o‘rinbosar topib qo‘ydi

  • 18 yanvar, 2020, 08:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi 34 yoshli jamoa sardori va himoyachisi hisoblangan Serxio Ramosga munosib o‘rinbosar qidirishni boshlab yubordi.

Tecno

La Gazetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” bu borada “Inter” himoyachisi Milan Shkrinyarni ko‘z ostiga olib qo‘ygan.

Eslatib o‘tish lozimki, Shkrinyarga shuningdek "Barselona" va "Manchester Yunayted"dan ham qiziqishlar bor.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli slovakiyalik futbolchi joriy mavsum “Inter” safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “neradzurrilar” bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan. Uning transferi esa 60 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!