“Real” raqiblar ko‘z o‘ngida bu ishni ilk bor uddaladi
“Real” futbolchilari Chempionlar ligasining chorak final javob o‘yinida “Manchester Siti”ni penaltilar seriyasida mag‘lub etib, amaldagi chempionni musobaqadan chiqarib yubordi.
Statistika mutaxassislarining ta’kidlashicha, madridliklar o‘z tarixlarida birinchi marotaba “Manchester Siti” maydonidan g‘alaba bilan qaytdi.
Aslida bu galgi ikki to‘qnashuvda ham kuchlar teng kelgan edi. Madriddagi bahsda uchtadan to‘p kiritgan jamoalar, Manchesterda bittadan gol urdi. Lekin penaltilar seriyasida Andrey Luninning qahramonligi Karlo Anchelotti shogirdlariga g‘alaba keltirdi.
Bungacha “Real” vakillari “Manchester Siti” muxlislari ko‘z o‘ngida uch marotaba mag‘lub bo‘lgan va ikki marta durang o‘ynagandi. To‘pular nisbati ham 11:5 ko‘rinishida “shaharliklar” foydasiga hal bo‘lgandi.
Endi “Real” finalga chiqish uchun “Bavariya”ga to‘qnash keladi. Ikkinchi yarim finalda “Borussiya Dortmund” PSJ bilan kuch sinashadi.

Fikrlar