“Real” Rodrigo bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

  • 16 avgust, 2024, 19:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ga Kilian Mbappe kelganidan keyin Rodrigoning o‘yin amaliyoti kamayib ketishi taxmin qilinmoqda. Bu vaziyatdan foydalanib qolishni istagan Evropa grandlari braziliyalik hujumkor futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilyapti.

Tecno

Xususan, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Atletiko”ga o‘tib ketgan Xulian Alvaresning o‘rnini Rodrigo yordamida yopishni rejalashtirayotgan edi.

Rodrigo murakkab vaziyatda qolganiga qaramay, Madriddan ketmaslikka va asosiy tarkibdagi o‘rni uchun kurashishga qaror qildi.

Relevo nashrining ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi” rahbariyati va murabbiylar shtabi 23 yoshli hujumchining bu qarorini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Klub Rodrigoni jamoaning asosiy figuralaridan bo‘lib qolishini ta’kidlamoqda.

Buni isbotlash uchun bosh murabbiy Karlo Anchelotti Rodrigoga  maydonda standart vaziyatlarni bajarishda to‘liq erkinlik beradigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!