"Real" Rodrigoning narxini tushirishga tayyor

  • 19 avgust, 17:07
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rodrigoning yozda "Real Madrid"ni tark etishi noaniqligicha qolmoqda.

"Manchester Siti" madridliklar vingerini o‘z safiga qo‘shib olmaydi, sababi Savino Moreyrani jamoada saqlab qolishga qaror qilgan.

Tecno

Jurnalist Gilem Balagening ma’lumotlariga ko‘ra, transfer oynasi yakuniga yaqin "Real" Rodrigoning narxini 100 million evrodan 60-70 million evrogacha tushirishi mumkin, biroq hozircha klub rasmiy takliflar olmagan va braziliyalikning ketishi ehtimoldan yiroq.

"Real"dagi manbalarning ta’kidlashicha, qiziqish bildirgan "Arsenal" Rodrigoni o‘z safiga qo‘shib olish uchun aniq harakatlar qilmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!