
“Real” to‘purari bir zumda yangi jamoa topdi
Yakunlangan mavsumni “Real”da o‘tkazib, barcha turnirlarda 17 ta gol urgan Xoselu Madriddan ketishga qaror qilgandi.
Asli “Espanol”ga tegishli bo‘lgan va “Real”da ijara asosida o‘ynagan tajribali futbolchiga madridliklar bir yillik shartnoma taklif qilgandi.
Biroq Xoselu jamoaga Kilian Mbappe va Endrik kelayotgani bois, Madridda qolmaslikka qaror qildi.
Insayder Fabritsio Romano 34 yoshli hujumchi Qatar klubidan ish topganini ma’lum qildi. Tajribali forvard “Al-G‘arafa” jamoasi bilan ikki yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Agar hamkorlik yaxshi kechsa, tomonlar bitimni yana bir yilga uzaytirishi ko‘zda tutilmoqda
Fikrlar