"Real" uch yulduzni saqlab qoladi: Mbappe, Vinisius va Bellingemga ishonch bildirildi

  • 18.04.2026 13:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real Madrid" rahbariyati jamoaning uch yetakchi futbolchisi — Kilian Mbappe, Vinisius Zhunior va Jud Bellingem bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Bu haqida "El Mundo" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglar" bu uch futbolchi atrofida jamoani qurishni davom ettirishni istamoqda. Klub ichida hozirgi tarkib katta salohiyatga ega ekaniga ishonch yuqori va kelgusi mavsumlarda ham aynan shu yulduzlarga tayanish rejalashtirilgan.

Joriy mavsumda Ispaniya chempionatida madridliklar ikkinchi o‘rinda bormoqda. Chempionlar ligasida esa jamoa chorak finalda "Bavariya"ga mag‘lub bo‘lib (1:2, 3:4), musobaqani tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!