
“Real” uchinchi bor Zidanni olib kelishi kutilmoqda
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelottining klub rahbariyati bilan munosabatlari sezilarli darajada yomonlashgan.
Italiyalik mutaxassis mutasaddilari uning hujumni kuchaytirish uchun yangi o‘yinchilar olish kerakligini haqidagi talabini inkor qilayotganidan norozi bo‘lmoqda.
The Athletic nashrining yozishicha, klub prezidenti Florentino Peres jamoani boshqarishni uchinchi bor Zinedin Zidanga topshirishni o‘ylayapti.
Frantsiyalik mutaxassis 2016-2018 va 2019-2021 yillar davomida “Real” bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan. Uning davrida madridliklar ikki marotaba Ispaniya chempioni va uch marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.
Zidan “Real”ni tark etganidan beri ishsiz yuribdi.
Fikrlar