“Real”: Unga katta maosh to‘lagandan jarohatdagi o‘yinchini olamiz!
Defensa Central nashrining xabar berishicha, “Real” rahbariyati “Chelsi” markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger transferidan voz kechishga qaror qildi. Germaniyalik futbolchi yozda erkin agentga aylanganidan keyin Madridga kelishga rozi, biroq u talab qilayotgan maosh “Qirollik klubi” mutasaddilarini qoniqtirmadi.
Endi madridliklar Ryudiger o‘rniga “Lester” vakili Uesli Fofanani olmoqchi. Ular bu markaziy himoyachini yozga asosiy nishon sifatida belgiladi.
Ta’kidlash lozimki, bir necha klublar qiziqish bildirayotgan Uesli Fofana og‘ir jarohatini davolatayotgani bois, hali bu mavsumda maydonga tushgani yo‘q. Bu transferni amalga oshirish “Real”ga 40 million evroga tushadi.
“Lester” 2020 yilning oktyabrida bu futbolchi uchun “Sent-Etenn” klubiga 35 million evro to‘lagan.

Fikrlar