“Real” va “Liverpool” futbolchi almashmoqchi
Ispaniya va Angliya grandlaridan “Real” va “Liverpul” klublari mutasaddilari tarkibni kuchaytirish maqsadida o‘zaro yarim himoyachilar almashuvi imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Gap Eduardu Kamavinga va Aleksis Makallister haqida bormoqda. TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar Kamavingaga ancha vaqtdan beri qiziqib kelmoqda, madridliklar esa yarim himoya chizig‘ini qayta qurishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, “Real” skautlari “Manchester Siti” futbolchisi Rodrini transfer qilish ustida ish olib bormoqda, ammo klub yarim himoyani yana bir o‘yinchi bilan kuchaytirishni xohlayapti.
Variantlar qatorida Makallisterdan tashqari “Chelsi” etakchi futbolchisi Enzo Fernandez va “Pari Sen-Jermen” yulduzi Vitin’ya ham bor.
Avvalroq jurnalist Florian Plettenberg Eduardu Kamavinga “Real”ni tark etishni rejalashtirmayotganini ma’lum qilgandi. Uning shartnomasi 2029 yilning yarmigacha amal qiladi.

Fikrlar