“Real” yana bir supertransferni amalga oshiradi

  • 3 oktabr, 2023, 15:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qirollik klubi” yozda asosiy nishoni – Jud Bellingemni qo‘lga kiritgan edi. Angliyalik futbolchi jamoaning yutuqlarida eng asosiy vazifani bajarib kelmoqda.

Tecno

Endi madridliklarning Bellingemning Angliya terma jamoasidagi sherigi Fil Fodenni transfer qilmoqchi.

Todofichajes nashrining yozishicha, madridliklar tez orada bu o‘yinchi transferi bo‘yicha “Manchester Siti” bilan muzokara boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

23 yoshli futbolchining transfer summasi 110 million evroga baholanmoqda. Foden yosh bo‘lishiga qaramay, bir necha mavsumdan beri “shaharliklar”ni asosiy o‘yinchilaridan hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!