"Real" yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi
Madridning "Real" klubi Dani Sebalos bilan yangi bitim borasida deyarli kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda "Marca" nashri. U 2027 yilgacha "qaymoqranglilar" safida to‘p tepishga rozi bo‘ldi.
27 yoshli ispan jamoada qolish yoki qolmasligi so‘roq ostida bo‘lib turgandi. Shu sababli, unga bir qator APL va La Liga klublaridan takliflar kelgan. Shuningdek "Real Betis" futbolchini ortga qaytarishga harakat qilmoqchi edi.
Sebalos mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazdi. U "Real" tarkibida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 9 ta assist amalga oshirdi.

Fikrlar