“Real” yarim himoyachisi jarohat olgan bo‘lishi mumkin
"Real" yarim himoyachisi Orelien Tchuameni jarohat olgan bo‘lishi mumkin. El Chiringuito nashri tarqatgan xabarga ko‘ra fransiyalik xavbek Chempionlar ligasi doirasidagi "Benfika"ga qarshi o‘yinni og‘riq yakunlaga. Hozir Tchuameni tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.
Eslatib o‘tamiz, aynan Orelien Tchuameni Lissabondagi o‘yin yakunlangach, o‘yinning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritgandi. "Real" safarda "Benfika"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Yagona golga Vinisius Zhunior mualliflik qildi.
"Real" navbatdagi uchrashuvni 21 fevral, shanba kuni safarda "Osasuna"ga qarshi o‘tkazadi. Shundan so‘ng Alvaro Arbeloa jamoasi Chempionlar ligasida "Benfika"ni qabul qiladi.
Fikrlar