"Real" Yovichning transferi borasida kelishuvga erishdi

BEPUL PROPAN

Avvalroq “Real Madrid” klubi Frankfurtning “Ayntraxt” xujumchisi Luka Yovichga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

As nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, "qirollik klubi" 21 yoshli futbolchining ko‘chib o‘tishi borasida muzokaralarni muvaffaqiyatli tarzda yakunlagan.

Serbiyalik xujumchining transferi uchun "Real" 60 million evro sarflashiga to‘g‘ri keladi, ushbu summadan 48 millionini Germaniya klubi, qolgan 12 millionini esa Yovich ilgariroq to‘p tepgan "Benfika" klubi oladi.

Yovichning madridliklar bilan shartnomasi 6 yilga mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!