“Real” yulduzi mag‘lubiyatdan keyin Kamavingani haqorat qildi
Niderlandiya terma jamoasi va “Real”ning sobiq futbolchisi Uesli Sneyder Chempionlar ligasi chorak finali javob oʻyinida “Bavariya”ga qarshi bahsdan soʻng madridliklar yarim himoyachisi Eduardu Kamavinganing oʻyini haqida keskin fikr bildirdi.
- Kamavinga – ahmoq! Bilasizmi, oʻyinchilar yakuniy hushtakdan keyin nima qilishlari kerak edi? Ular kiyinish xonasiga yugurib kirib, oʻz gʻazabini Kamavingaga sochishi kerak edi!, - dedi Uesli Sneyder.
Eslatib oʻtamiz, uchrashuv davomida Kamavinga atigi sakkiz daqiqa ichida ikkita sariq kartochka oldi va maydondan chetlatildi, jamoasi kamchilik boʻlib qoldi.
Natijada “Real” Myunxendagi bahsda uch marotaba hisobda oldinga chiqib olgan boʻlsa-da, mezbonlar uchrashuvning oxirida ikkita gol urib, magʻlubiyatni gʻalabaga aylantirib yubordi – 4:3.
“Bavariya” Madriddagi birinchi uchrashuvda ham 2:1 hisobida gʻalab qozongan edi va Chempionlar ligasidagi yurishini davom ettiradigan boʻldi.

Fikrlar