"Real" yulduzi Mourin'oni hayratga soldi

  • 07.07.2026 08:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» klubiga yaqinda bosh murabbiy etib tayinlangan Joze Mourinyo jamoa yarim himoyachisi Jud Bellingem iste’dodining katta muxlisi hisoblanadi.

Portugaliyalik mutaxassis hali Bellingem bilan birga ishlashga ulgurmagan bo’lsa-da, uning o’yinidan juda taassurot olgani aytilmoqda. 

Bellingemning o’zi ham yaqinda bergan intervyusida Mourinyoni katta hurmat qilishini, uni futbolda alohida o’rin tutadigan murabbiy sifatida ko’rishini ta’kidlagan.

Jurnalist Fabrizio Romano tarqatgan ma’lumotlarga ko’ra, «Real» rahbariyati Mourinyo va Bellingem hamkorligini katta qiziqish bilan kutmoqda. Klub boshqaruvchilari tajribali murabbiy qo’l ostida ingliz yarim himoyachisi yanada o’sish va yuqori natijalarga erishishiga ishonchi komil.

Eslatib o’tamiz, Jud Bellingem 2023 yili «Qirollik klubi» safiga qo’shilgan edi. Joze Mourinyo esa 13 yillik tanaffusdan so’ng joriy yil iyun oyida yana madridliklar bosh murabbiyi sifatida klubga qaytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!