“Real” yulduzi yaxshi o‘ynash uchun psixologga qatnayapti

  • 14.09.2023 17:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real”ning braziliyalik legioneri Rodrigo psixolog yordamida o‘yinini yanada kuchaytirishga harakat qilayotganini bildirdi.

Men psixolog qabuliga boryapman. Bu bizning davrimizda juda muhim. Chunki insonni aql boshqaradi.

Odamlar biz oyoq bilan emas, aql bilan futbol o‘ynayotganimizni anglab etsa, ko‘p qarashlar o‘zgaradi.

Psixolog seanslarimenga yordam berayotganini his qila boshladim. Siz ham shunday qilsangiz, hayotingiz qay tarzda o‘zgarayotganini ko‘rasiz, - dedi Rodrigo.

Rodrigo joriy mavsum Ispaniya chempionatida to‘rt marotaba maydonga tushib, atigi bitta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!