“Real”da o‘ynagan yulduz 41 yoshida futbolga qaytdi

  • 09.03.2026 15:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi va Niderlandiya  milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi Uesli Sneider 41 yoshida oʻz vatanida futbolchilik faoliyatini qayta boshlashga qaror qildi.

Sneider toʻrtinchi divizionda ishtirok etayotgan  “OSM’75” klubi tarkibida maydonga tushdi. U uchrashuv tugashiga taxminan yigirma daqiqa qolganda oʻyinga qoʻshildi va jamoasining “Focus’07” ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonishiga hissa qoʻshdi.

Ueslining akasi Jefri Sneider “OSM’75” klubi bosh murabbiyining yordamchisi hisoblanadi. Jamoada uning kichik ukasi Rodni ham oʻynaydi.

- Nega futbolga qaytishga qaror qildim? Chunki men hali ham buni dunyodagi eng qiziqarli oʻyin, deb hisoblayman.

Uzoq vaqt davomida tanam menga maydonga chiqishga imkon bermadi. Ammo men sekin-asta buning uchun tayyorgarlik koʻra boshladim.

Va bir kuni oʻzimga shunday savol berdim: “Bilasanki, yana bir bor urinib koʻrsang nima boʻladi?”, - dedim, - deydi 41 yoshida maydonga qaytgan Sneider.

Futbolchilik faoliyati davomida Uesli Sneider Niderlandiyaning “Ayaks”, Ispaniyaning “Real”, Italiyani‘ng “Inter”, Turkiyaning “Galatasaroy”, Fransiyaning “Nitsa” va Qatarning “Al-Garafa” klublarida toʻp surgan.

2013 yildan 2018 yilgacha u Niderlandiya milliy terma jamoasi safida oʻynadi. Shu jamoa bilan 2010 yildgi jahon chempionatida kumush medalga, 2014 yildgi jahon chempionatida esa bronza medalga sazovor boʻlgan.

2009-2010 yildgi mavsumda Sneider “Inter” tarkibida Yevropa Chempionlar ligasida gʻolib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!